Talablarga mos kelmaydigan qo'lyozmalar ko'rib chiqilmaydi.
1. Umumiy talablar
- Til: o'zbek, rus yoki ingliz.
- Hajm: 8–15 bet (adabiyotlar bilan).
- Format: MS Word (.docx), A4, Times New Roman, 14 pt, interval 1,5, hoshiyalar 2 sm.
- Originallik: kamida 75%.
- Maqola avval nashr etilmagan va boshqa jurnalga yuborilmagan bo'lishi kerak.
2. Muallif haqida ma'lumot
F.I.Sh., ish joyi va lavozimi, ilmiy daraja, e-pochta va ORCID — uch tilda.
3. Maqola tuzilishi (IMRAD)
- Sarlavha (3 tilda)
- Annotatsiya (100–250 so'z) va 5–8 kalit so'z (3 tilda)
- Kirish
- Adabiyotlar sharhi
- Tadqiqot metodologiyasi
- Tahlil va natijalar
- Xulosa va takliflar
- Foydalanilgan adabiyotlar (APA 7, kamida 10 manba)
4. Jadval, rasm va formulalar
Ketma-ket raqamlanadi va nomlanadi; rasmlar kamida 300 dpi. Formulalar MS Equation yoki MathType'da teriladi.
5. Qo'shimcha
Manfaatlar to'qnashuvi, moliyalashtirish manbai va sun'iy intellekt vositalaridan foydalanish ochiq ko'rsatiladi.