«AGROIQTISODIYOT» — Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD) muassisligida chop etiladigan ilmiy-amaliy agroiqtisodiy jurnal. Jurnal 2017-yildan nashr etiladi va O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining «Iqtisodiyot fanlari» bo'yicha dissertatsiya natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro'yxatiga kiritilgan.
Maqsad va vazifalar
- Agrar sohadagi islohotlarni ilmiy asoslash va tadqiqot natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish.
- Professor-o'qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va amaliyotchilar uchun sifatli nashr maydonini yaratish.
- Ustoz-shogird an'analari asosida yosh tadqiqotchilarni qo'llab-quvvatlash.
- O'zbekiston agroiqtisodiy tadqiqotlarini xalqaro ilmiy hamjamiyatga tanitish.
Asosiy yo'nalishlar
- Agrar iqtisodiyot va qishloq xo'jaligi menejmenti
- Oziq-ovqat xavfsizligi va agrar bozorlar
- Suv va yer resurslaridan samarali foydalanish
- Qishloq hududlarini rivojlantirish va agrar siyosat
- Agrar moliya, investitsiyalar va sug'urta
- Agroeksport, logistika va qiymat zanjirlari
- Qishloq xo'jaligini raqamlashtirish va yashil iqtisodiyot
Nashr tamoyillari
Jurnal yiliga 4 marta chiqadi. Barcha qo'lyozmalar ikki tomonlama yopiq taqrizdan o'tadi. Maqolalar o'zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi va ochiq kirishda bepul tarqatiladi.